Mahalliy

“Oʻzidan "osmon" yasab olganlar bilan muammo chiqadi” - taksichilar badxulq mijozlar haqida

Yaqinda Toshkentda taksi haydovchisi va yoʻlovchi oʻrtasidagi mojaro jiddiy tus olib, haydovchining kaltaklanishi va unga kuch ishlatgan shaxsning qamoqqa olinishi bilan yakunlandi. Bu holat taksi haydovchilarining ish jarayonidagi xavfsizligi va yoʻlovchilar bilan munosabat masalasini yana bir bor kun tartibiga chiqardi. Kun.uz poytaxtdagi taksi haydovchilaridan ular duch kelayotgan muammolar haqida soʻradi.

“Oʻzidan "osmon" yasab olganlar bilan muammo chiqadi” – taksichilar badxulq mijozlar haqida

Yaqinda Toshkentda taksi haydovchisi va yoʻlovchi oʻrtasida yuzaga kelgan janjal jiddiy tus oldi: haydovchi kaltaklandi, unga kuch ishlatgan shaxs esa qamoqqa olindi. Ushbu voqea taksi haydovchilarining ish jarayonidagi xavfsizligi va yoʻlovchilar bilan oʻzaro munosabatlar masalasini yana bir bor dolzarb qilib qoʻydi. Kun.uz poytaxtdagi taksi haydovchilaridan ular duch kelayotgan muammolar haqida soʻrov oʻtkazdi.

Taksi haydovchisi va yoʻlovchi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar har doim ham yoʻl haqi yoki manzil bilan bogʻliq boʻlavermaydi. Haydovchilarning taʼkidlashicha, mashinada belgilanganidan ortiq yoʻlovchi olib ketish, bolalarning nazoratsiz qolishi, salonda ovqatlanish va chekish, shuningdek, mast yoʻlovchilar bilan bogʻliq holatlar ular uchun eng koʻp uchraydigan muammolar sirasiga kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.