Mahalliy

Toshkentda taksi haydovchisini urish va unga tuhmat qilishda gumonlangan erkak va ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Toshkentda taksi haydovchisi va yo‘lovchi ayol o‘rtasidagi janjaldan so‘ng ayolning ukasi bezorilik, ayolning o‘zi esa tuhmat qilishda gumonlanmoqda. Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda taksi haydovchisi va yo‘lovchi ayol o‘rtasidagi janjal aks etgan

videolar

tarqaldi.

Taksi haydovchisi yozib olgan videolarga ko‘ra, janjal haydovchi farzandi o‘rindiqni tinmay tepavergan yo‘lovchi ayolga tanbeh berganidan so‘ng kelib chiqqan. So‘ng haydovchi ayoldan avtomobildan tushishni so‘ragan, biroq yo‘lovchi buni rad etib, telefon orqali 2003-yilda tug‘ilgan bloger ukasini chaqirgan.

Videolardan birida ayol tanishlari kelgach, haydovchini unga jinsiy yaqinlik taklif qilganlikda ayblagani aks etgan. Shundan so‘ng ayolning tanishi va haydovchi o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

Tarmoqlarda avval ayolning tanishlari olgan videolar e’lon qilingan (keyin o‘chirib yuborilgan). Unda mualliflar haydovchini ayolga shilqimlik qilishda ayblagan. Birozdan so‘ng esa haydovchi mashina salonida ayol bilan suhbati va janjal vaqtida olingan videolarni e’lon qildi.

Holat yuzasidan poytaxt IIBB

ma’lumot berdi

. Unga ko‘ra, hodisa 17-avgust kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan yo‘lovchi ayolning ukasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va

qamoqqa olingan

.

Shuningdek, taksi haydovchisiga tuhmat qilishda gumonlanayotgan yo‘lovchi ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.