Mahalliy

Toshkentda taksi haydovchisi kaltaklanib, shifoxonaga yotqizildi: mojaro qanday boshlangan?

17-avgust kuni Toshkentda 27 yoshli taksi haydovchisi Yoqubbek Jo‘raboyev va yo‘lovchi ayol o‘rtasida chiqqan og‘zaki tortishuv janjalga aylangan. Haydovchining aytishicha, yo‘lovchi voqea joyiga yaqinlarini chaqirgan va ular kelgach vaziyat chigallashgan. Kun.uz voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

Toshkentda taksi haydovchisi kaltaklanib, shifoxonaga yotqizildi: mojaro qanday boshlangan?

17-avgust kuni Toshkentda 27 yoshli taksi haydovchisi Yoqubbek Jo‘raboyev va yo‘lovchi ayol o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv janjalga aylanib ketdi. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi voqea joyiga yaqinlarini chaqirgan va ular kelganidan so‘ng vaziyat yanada keskinlashgan. Kun.uz ushbu voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

Yoqubbek Jo‘raboyevning aytishicha, u 17-avgust kuni Qoraqamish hududidan farzandlari bilan birga bo‘lgan yo‘lovchi ayolni mashinasiga olgan.

“Qoraqamishdan oldim (yo‘lovchini). Sal asabda edi, yuklarini o‘zim ortdim. Farzandlari bilan edi. Ketayotganda telefonda kim bilandir baqir-chaqir qilib urishib ketayotgan edi. Asabda ekan dedim. Bolasi o‘rindiqni tepib tashladi. Bolangizga qarang, tepib tashladi deb ogohlantirdim. Mashina oynalarini, eshiklarni ochib tashladi bola. Agar mashinadan tushib ketsa ayb menda bo‘ladimi? Ogohlantirsam qo‘pol muomalada bo‘lganidan keyin chekkaga to‘xtab, tushib boshqa taksi chaqira qolishini aytdim. “Hozir ukalarimni chaqiraman, masalangni hal qiladi” dedi.

Ukasi kelib mashinani qo‘ydi. Men mashinada o‘tirdim, 102 chaqirgandim. Shuni aytsam urib ketdi, mashinadan tushmagandim, tortib tushirib telefonimni olib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Videolarni o‘chirmoqchi edi. Telefonim yerga tushib ketdi, tortishib ketdik. Mashina o‘chirilmagan edi, meni urishganda tegib ketdim va mashina harakatlanib oldinga urilib ketdi. Stressda bo‘lganim uchun nima bo‘lganini bilmay qoldim. Narigi blogerlar (yo‘lovchining yaqinlari) kelib bosim qilishdi, tuflashdi, mashinaga chiqindi tashlashdi. U ayol ukalari kelgandan keyin “menga jinsiy aloqada bo‘lasan deb taklif qildi” deya tuhmat qildi. Lekin menda asos bor, videosi bor telefonimda. Qo‘lidayam bolasi bor, opamdan ham katta ayolga qanday shilqimlik qilishim mumkin? Unaqa gap bo‘lgani yo‘q”.

Haydovchi shifoxonaga yotqizildi

Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgach, uni keyingi tekshiruv va davolanish uchun shifoxonaga olib ketgan.

Neyroxirurg Umid Boltayevning ma’lum qilishicha, bemor shifoxonaga kelganida unga voqea haqida ma’lumot bergan.

«Bemor notanish shaxslar tomonidan kaltaklanganligi va natijada voqea joyidan qochayotganda mashinasini avariya qilib tan jarohatlari olganligini ma’lum qildi. Ko‘rikda bemorda peshona, ensa sohalarida shishlar, ikkala yelka, chap yonbosh, ko‘krak va qorin sohalari old tomonlarida shilingan jarohatlar aniqlandi. Bemorning tan jarohati olganligini hisobga olib kuzatuv va davolash maqsadida neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizdik”.

Ikkinchi tomon nima deydi?

Mojaroning ikkinchi tomonini ham eshitish maqsadida Kun.uz tahririyatida mavjud bo‘lgan raqamlar orqali yo‘lovchi va uning yaqinlari bilan bog‘lanishga urindi. Ammo qo‘ng‘iroqlarga javob bo‘lmadi.

Haydovchiga kuch ishlatgan shaxslar, ya’ni yo‘lovchining tanishlari taniqli instablogerlar bo‘lgani aytilmoqda. Ular voqea joyida olib, sahifalariga joylagan videolarida opalariga nisbatan haydovchi jinsiy zo‘ravonlik qilmoqchi bo‘lgani, mashinadan tushishiga qarshilik qilgani haqida aytishgan. Ammo bu videolar ayni paytda ularning sahifalaridan o‘chirilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.