Oʻzbekistonliklar Xorvatiyaga ishga yuborilishi mumkin
Xorvatiya tomoni maʼlumotiga koʻra, qurilish sohasida boshlangʻich ish haqi 1 300–1 400 yevro atrofida, tasdiqlangan malakaga ega mutaxassislarda esa yuqoriroq boʻlishi mumkin.

Oʻzbekistonliklar Xorvatiyaga ishga yuborilishi mumkin
Migratsiya agentligi direktori Muhsinxoʻja Abdurahmonovning Xorvatiyaga safari doirasida mamlakat Savdo-sanoat palatasi (HGK), Ish beruvchilar assotsiatsiyasi (HUP) va mahalliy ish beruvchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Taklif qilinayotgan tartibga koʻra, Xorvatiya ish beruvchilarining kadrlar bo‘yicha ehtiyoji Migratsiya agentligiga taqdim etiladi, nomzodlar esa Oʻzbekistonda kasb va til bo‘yicha tayyorlanib, ish beruvchilar ishtirokida saralanadi.
Davlatlararo mexanizm orqali tanlangan nomzodlar uchun ishlash va yashash ruxsatnomalarini rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish ham rejalashtirilmoqda.
Hozircha qurilish, payvandchilik va transport yoʻnalishlarida dastlabki amaliy ishlarni boshlash ko‘zda tutilgan.
Nomzodlar avval onlayn suhbatdan, soʻng xorvatiyalik ish beruvchilarning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida amaliy kasbiy sinovdan oʻtishi nazarda tutilmoqda.
Xorvatiya tomoni bergan maʼlumotga koʻra, qurilish sohasida boshlangʻich ish haqi 1 300–1 400 yevro atrofida bo‘lib, tasdiqlangan malakaga ega mutaxassislarda bundan yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, turizm, mehmonxona-restoran xizmati, tibbiyot va savdo sohalarida ham kadrlar talabi yuqori ekani aytildi.

