O‘zbekistonliklar AQShda mavsumiy ishlash uchun jalb qilinishi mumkin
O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Muhsinxo‘ja Abdurahmonov AQShning Head Honchos kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonliklar AQShda mavsumiy ishga jalb qilinishi mumkin
O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Muhsinxo‘ja Abdurahmonov AQShning Head Honchos kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda o‘zbekistonliklarni AQSh qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga tayyorlash va ishga joylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Nomzodlar uchun taxminan 12 haftalik o‘quv dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
AQShlik ish beruvchilar dasturni tayyorlash, nomzodlarni sinovdan o‘tkazish hamda yakuniy sertifikatlash jarayonlarida qatnashadi.
Ta’kidlanishicha, birinchi guruhni AQShdagi bahorgi qishloq xo‘jaligi mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Ish beruvchilarning aniq buyurtmalari olinib, tanlov mezonlari tasdiqlangach, nomzodlarni saralash va o‘qitish boshlanadi. Qabul shartlari hamda ariza topshirish tartibi Migratsiya agentligining rasmiy kanallarida e’lon qilinishi aytilgan.
Ariza qabul qilish boshlanganiga oid ma’lumot esa hozircha berilmagan.

