O‘zbekistonliklar Xorvatiyada qurilish sohasiga ishga taklif qilinmoqda, maosh — 1800 yevrogacha
Migratsiya agentligi Xorvatiyada qurilish sohasida o‘zbekistonliklar uchun 16 ta ish o‘rni taklif qilmoqda. G‘ishtchi, pardozlash ustasi, fasad ishchisi, qolipchi va gipsokarton montajchisi lavozimlari uchun oyiga 1500−1800 yevro maosh to‘lanadi. Ish beruvchi yashash, ovqatlanish va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyada qurilish sohasidagi ish o‘rinlariga taklif etilmoqda, oylik maosh esa 1800 yevrogacha yetadi.
Migratsiya agentligi Xorvatiyada qurilish yo‘nalishida ishlash uchun o‘zbekistonliklarni ishga qabul qilmoqda.
Jami 16 ta vakansiya mavjud bo‘lib, ular quyidagi lavozimlarni qamrab oladi.
O‘rtacha oylik ish haqi 1500−1800 yevroni tashkil etadi. Ish vaqti oyiga 176−220 soat. Mehnat shartnomasi 3 yilga tuziladi va uni uzaytirish imkoniyati bor.
Sinov muddati 3 oy bo‘lib, bu davrda boshlang‘ich ish haqi soatiga 8 yevro etib belgilangan.
Nomzodlar tegishli yo‘nalishda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Malaka sertifikatining mavjudligi afzal hisoblanadi.
Shuningdek, emlash sertifikati ham talab etiladi. Xorvatiya tomonidan beriladigan 18a-shakl majburiy bo‘lib, uni rasmiylashtirishda Migratsiya agentligi yordam beradi.
Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
Nomzodlar O‘zbekistondan Xorvatiyagacha aviachipta hamda ish vizasini rasmiylashtirish xarajatlarini o‘z hisobidan to‘laydi. Viza konsullik yoki viza markazi orqali rasmiylashtiriladi.
Ishga joylashgach, viza va aviachipta xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Vakansiyalarga arizalarni “Xorijda ish” platformasi orqali topshirish mumkin.

