Oʻzbekistonda erta nikohlar va boshqa huquqbuzarliklarni yashirganlik uchun javobgarlik joriy etish taklif qilinmoqda
Oʻzbekistonda huquqbuzarliklar haqida xabar berishi shart boʻlgan, biroq IIV yoki «Inson» markazlariga maʼlumot uzatmagan shaxslar uchun javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Qonun loyihasi, jumladan, erta nikohlar, oʻsmirlar homiladorligi va xotin-qizlar hamda bolalar huquqlarining boshqa buzilishlari profilaktikasi bilan bogʻliq.

Oʻzbekistonda erta nikohlar va boshqa huquqbuzarliklarni yashirganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilmoqda
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huquqbuzarliklar haqida xabar bermaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladi.
Oʻzgartirishlarni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritish rejalashtirilmoqda.
Qonun loyihasiga koʻra, huquqbuzarliklar haqida xabar berish majburiyati yuklatilgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi yoxud xodimi bunday maʼlumotni qonunchilikda belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etmagan taqdirda javobgarlik yuzaga keladi.
Bunday huquqbuzarlik uchun MJtKning yangi 188−5-moddasi boʻyicha jarima joriy etish taklif qilinmoqda:
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida ushbu huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, jarimalarni oshirish taklif etilmoqda:
Ushbu modda boʻyicha ishlarni jinoyat ishlari boʻyicha sudlar vakolatiga oʻtkazish taklif qilinmoqda.
Bosh prokuraturaning qayd etishicha, amaldagi qonunchilikda hozirda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda xodimlari uchun aniqlangan huquqbuzarliklar haqida xabar bermaganlik uchun alohida maʼmuriy javobgarlik mavjud emas.
Ishlab chiquvchilarning baholashicha, ayrim hollarda bu bunday faktlarning yashirilishiga yoki ularga nisbatan oʻz vaqtida zarur choralar koʻrilmasligiga olib kelmoqda.
Tushuntirish materiallarida aytilishicha, qonun loyihasi prezidentning 2026 yil 3 martdagi xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish toʻgʻrisidagi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Xususan, farmonda erta nikohlar, 16 yoshga toʻlmagan qizlar oʻrtasidagi homiladorlik holatlari va boshqa huquqbuzarliklar haqida ichki ishlar organlariga hamda «Inson» markazlariga xabar bermaganlik uchun javobgarlik joriy etish koʻzda tutilgan edi.
Hujjatga koʻra, bunday majburiyat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va FHDYo organlari, taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari, shuningdek, diniy tashkilotlar vakillariga taalluqlidir.
Loyiha mualliflarining taʼkidlashicha, huquqbuzarliklar haqida oʻz vaqtida xabardor qilish ularni erta aniqlash va oldini olish, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun muhimdir.
Oʻzgartirishlar xodimlar va mansabdor shaxslarning huquqbuzarliklar haqida xabar bermaganlik uchun javobgarligini kuchaytirish hamda fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarni himoya qilish tizimini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Agar qonun qabul qilinsa, u rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar Oʻrmanov 18 fevral kuni poytaxtda 1000 ga yaqin jinoyatni yashirish holatlari aniqlanganini maʼlum qildi. Poytaxtda jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi 954 ta noqonuniy qaror bekor qilinib, ular boʻyicha keyinchalik ish qoʻzgʻatilgan. Ulardan 23 tasi ogʻir jinoyatlarga tegishli boʻlsa, yana 3 ta holat roʻyxatga olmaslik orqali yashirish bilan bogʻliq.

