Mahalliy

O‘zbekistonda bepul Muzeylar haftaligi o‘tkazilmoqda

2–8 sentyabr kunlari O‘zbekistonda Muzeylar haftaligi o‘tkazilmoqda. Shu davrda 114 ta davlat muzeyiga bepul kirish mumkin.

O‘zbekistonda 2–8 sentyabr kunlari anʼanaviy Muzeylar haftaligi o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir doirasida mamlakat aholisi 114 ta davlat muzeyiga bepul kirishi mumkin. Bu haqda Madaniy meros agentligi maʼlum qildi.

Bepul kirish agentlik tizimidagi barcha davlat muzeylarida, jumladan muzey-qo‘riqxonalar va uy-muzeylarda ham amal qiladi.

Mazkur aksiya O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xorijiy sayyohlarga tatbiq etilmaydi.

Madaniy meros agentligining taʼkidlashicha, Muzeylar haftaligi mamlakat tarixi, sanʼati va milliy merosi bilan tanishish, shuningdek, noyob eksponatlar va qadimiy yodgorliklar haqida yanada ko‘proq maʼlumot olish imkonini beradi.

«Muzeylar haftaligi — mamlakatimiz tarixi, sanʼati va milliy merosi bilan tanishish, shuningdek, noyob eksponatlar va qadimiy yodgorliklar haqida ko‘plab yangi maʼlumotlarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat», — deya maʼlum qildi agentlik.

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi davlat muzeylariga har oyning birinchi yakshanbasida ham bepul tashrif buyurish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.