O‘zbekistonliklar Germaniyada temiryo‘l montajchisi kasbi bo‘yicha o‘qish va ishlashga taklif etilmoqda
Migratsiya agentligi va Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi o‘zbekistonlik yoshlarni temiryo‘l montajchisi kasbi bo‘yicha uch yillik dual ta’lim dasturiga taklif qilmoqda. Ishtirokchilar o‘qish bilan birga temiryo‘l qurilishida ishlab, oyiga 1560 yevrogacha haq oladi. Dastur 2027-yil sentabrda boshlanadi.

O‘zbekistonlik yoshlar Germaniyada temiryo‘l montajchisi kasbi bo‘yicha o‘qish va ishlashga taklif qilinmoqda
Migratsiya agentligi Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik yoshlarni temiryo‘l montajchisi yo‘nalishi bo‘yicha uch yillik dual kasbiy ta’lim (Ausbildung) dasturida qatnashishga chorlamoqda.
Dastur nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikni uyg‘unlashtiradi. Deutsche Bahn kompaniyasining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, ishtirokchilar o‘qish jarayonida temiryo‘l qurilishi maydonlarida jamoa bilan ishlaydi, yangi relslar va strelkali o‘tkazgichlarni yotqizish, yo‘llarni tekshirish hamda shikastlangan qismlarni almashtirish kabi vazifalarni bajaradi. Shu tariqa ular kasbni nazariy o‘rganish bilan birga, bevosita ish jarayonida amaliy tajriba ham to‘playdi.
Kasbiy ta’lim Germaniyaning Bavariya hududidagi Augsburg yoki Myunxen shaharlarida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilarga o‘qish davomida quyidagi miqdorda oylik haq to‘lanadi:
Bundan tashqari, ishtirokchilar har yili 30 kunlik haq to‘lanadigan ta’til olish huquqiga ega bo‘ladi.
Dastur doirasida Toshkentda Deutsche Bahn kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladigan nemis tili kurslari ham yo‘lga qo‘yiladi. Nomzodlar tilni B2 darajasigacha o‘rganishi mumkin.
Ta’lim 2027-yil 1-sentabrda boshlanishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilarning Germaniyaga jo‘nab ketishi esa 2027-yil yoziga mo‘ljallangan.
Dasturda qatnashish uchun nomzodlar 18−25 yoshda bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Texnik yo‘nalishdagi bilim va amaliy tajriba nomzod uchun qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi. B toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish ham afzallik beradi, ammo u majburiy talab emas.
Ariza topshirish uchun maktab attestati va baholar ilovasi talab etiladi. Mavjud bo‘lsa, o‘rta maxsus yoki oliy ta’lim diplomi va uning ilovasi ham taqdim etiladi.
Dastur shartlari bilan batafsil tanishish va ariza topshirish uchun Deutsche Bahn kompaniyasining rasmiy sahifasiga o‘tish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotni Migratsiya agentligining +998 90 054 02 27 telefon raqami orqali olish mumkin.

