Mahalliy

O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin

Shuningdek, avtobus va yuk avtomobili haydovchilarini Germaniya ish beruvchilari talablari asosida tayyorlaydigan qo‘shma haydovchilik maktabini

O‘zbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomalarining Germaniyada bevosita tan olinishi ehtimoli ko‘rib chiqilmoqda. Bu masala Migratsiya agentligi rahbari o‘rinbosari Elyor Toshtemirovning Germaniyaning «Global Talent Alliance» va «TSK Logistik» kompaniyalari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilindi.

Suhbat davomida o‘zbekistonlik fuqarolarni Germaniyaning transport-logistika sohasida ish bilan ta’minlash, ularni mahalliy talablar asosida tayyorlash hamda viza rasmiylashtirishdagi muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, avtobus va yuk avtomobili haydovchilarini Germaniya ish beruvchilari talablariga mos ravishda tayyorlaydigan qo‘shma haydovchilik maktabini tashkil etish taklifi bildirildi.

Uchrashuv yakunida Migratsiya agentligi va «Global Talent Alliance» o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Agentlik qo‘shma haydovchilik maktabini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish masalasi hozircha taklif darajasida qolmoqda va bu borada yakuniy kelishuvga erishilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.