O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasaydi
Hududlar kesimida aholi orasida eng yuqori inflyatsion kutilmalar Toshkent shahrida (11,6 foiz), eng pasti esa

O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi
Markaziy bankning 2026-yil sentyabr oyida o‘tkazgan so‘rovi natijalariga ko‘ra, aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari 8,7 foizga, tadbirkorlarniki esa 9,2 foizga pasaygan.
So‘rovda 2 726 nafar fuqaro va 1 043 nafar tadbirkor qatnashgan.
Hududlar bo‘yicha aholi orasida eng yuqori inflyatsion kutilmalar Toshkent shahrida — 11,6 foiz, eng past ko‘rsatkich esa Xorazm viloyatida — 6,8 foiz qayd etilgan.
Tadbirkorlar orasida eng yuqori natija Samarqand viloyatida 10,2 foizni, eng pasti Qashqadaryo viloyatida 7,5 foizni tashkil etgan.
Narxlar oshishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida yoqilg‘i-energetika resurslari, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat va xomashyo narxlarining qimmatlashishi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, inflyatsion kutilmalar — aholi va tadbirkorlarning kelgusi bir yilda narxlar qanchaga oshishi haqidagi taxmini bo‘lib, amaldagi inflyatsiya darajasini anglatmaydi.

