Iqtisodiyot

Aholi va biznesning inflyatsiya kutilmalari tarixiy minimumgacha pasaydi

Soʻrovnomada qatnashganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma IT sohasi vakillarida (11,4 foiz) kuzatilgan. Eng past kutilmani qishloq xoʻjaligi xodimlari va talabalar (8,7 foiz) belgilagan. Tadbirkorlik subyektlari orasida eng pessimistik kutilma tashish va taʼlim (10,9 foiz) sohasiga, eng optimistik kutilma esa hunarmandchilik (7 foiz) sohasiga toʻgʻri kelgan.

Aholi va biznesning inflyatsiya kutilmalari tarixiy minimum darajasigacha tushdi. Avgust oyida Markaziy bank oʻtkazgan soʻrov natijalariga koʻra, aholining inflyatsiya kutilmalari iyulga nisbatan 0,3 foiz bandga kamayib, qariyb 9,8 foizni tashkil etdi. Biznes kutilmalari esa 9,6 foiz boʻlib, oylik hisobda 0,2 foiz bandga pasaydi.

Respondentlar inflyatsion muhitni shakllantirayotgan asosiy omillar sifatida kommunal xizmatlar qimmatlashishini (53 foiz), yonilgʻi va energiya resurslari narxlari oshishini (52 foiz) hamda transport xarajatlari qimmatlashishini (32 foiz) qayd etgan.

Soʻrovda qatnashganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma IT sohasi vakillarida (11,4 foiz) kuzatildi. Eng past kutilma qishloq xoʻjaligi xodimlari va talabalar (8,7 foiz) tomonidan bildirilgan. Tadbirkorlik subyektlari ichida eng pessimistik kutilma tashish va taʼlim (10,9 foiz) sohasiga, eng optimistik kutilma esa hunarmandchilik (7 foiz) sohasiga toʻgʻri kelgan.

Hududlar boʻyicha aholining inflyatsion kutilmalarida eng yuqori koʻrsatkich Fargʻona viloyati (11,7 foiz), Toshkent shahri (11,4 foiz) va Surxondaryo viloyatida (10,9 foiz) qayd etildi. Eng past natijalar Jizzax (8,1 foiz) va Xorazm (8,4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Oyiga 30 mln soʻm va undan ortiq daromad oladigan fuqarolar narxlar oshishi boʻyicha eng yuqori prognozlarni bildirgan — oʻrtacha 15,8 foiz. Eng past inflyatsion kutilmalar 2 mln soʻmgacha (7,9 foiz), shuningdek, 2−4 mln soʻm oraligʻida (9 foiz) daromad oluvchilar tomonidan qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.