Iqtisodiyot

So‘mdagi omonatlar bo‘yicha stavka 17,6 foizga tushdi

O‘zbekistonda 2026 yil iyun oyida so‘mdagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha nominal foiz stavkasi 17,6 foizni tashkil etdi.

So‘mdagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkasi 17,6 foizga pasaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha nominal foiz stavkasi 2026-yil iyun oyi yakunlariga ko‘ra 17,6 foizni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foiz bandiga pasayishni anglatadi.

Shu bilan birga, inflyatsiya jarayonlarining barqarorlashuvi tufayli so‘mdagi muddatli omonatlar bo‘yicha real foiz stavkalari yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Jismoniy shaxslar uchun real foiz stavkasi 8,3 foizga yetdi, bu 2025-yil iyun oyiga nisbatan 1,1 foiz bandiga yuqoridir.

Yuridik shaxslar uchun esa bu ko‘rsatkich 4,9 foizni tashkil etib, yillik hisobda 0,5 foiz bandiga pasaygan.

Xorijiy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha nominal foiz stavkasi 4,5 foizni tashkil qildi, bu o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 0,1 foiz bandiga kamaygan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.