O‘zbekistonda inflyasiya 6,4 foizgacha pasaydi
Bu haqda Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti boshqarma boshlig‘i Zarina Nurberdiyeva

O‘zbekistonda inflyasiya 6,4 foizgacha pasaydi
O‘zbekistonda sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra yillik inflyasiya 6,4 foizgacha sekinlashdi. Markaziy bank 2027-yil oxirigacha ushbu ko‘rsatkichni 5 foizga tushirishni maqsad qilgan.
Bu haqda Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti boshqarma boshlig‘i Zarina Nurberdiyeva brifingda ma’lum qildi.
Uning aytishicha, sentyabr oyida bazaviy inflyasiya 5,5 foiz atrofida shakllangan. Aholi va tadbirkorlarning inflyasion kutilmalari ham pasayishda davom etmoqda.
Shunga qaramay, ayrim tovar va xizmatlar narxining yillik 5 foizdan yuqori sur’atda oshib borayotgani iqtisodiyotda narx bosimi saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, aholi daromadlari va pul o‘tkazmalarining ortishi, investitsiya faolligi, budjet xarajatlari hamda oltinsiz eksportning o‘sishi ichki talabni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Biroq jahon bozorlarida oziq-ovqat, energiya va xomashyo narxlarining yuqoriligi, shuningdek, tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish jarayoni inflyasiyaga bosim o‘tkazishi mumkin.
Markaziy bank inflyasiyani 2027-yil yakuniga qadar 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga tushirish uchun qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirishini bildirdi.

