Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 28-oktyabr kuniga belgilangan, deyiladi Markaziy bank xabarida

Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarmasdan qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi 16-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish haqida qaror chiqardi.
Inflyasiya pasayishda davom etmoqda.
Avgust oyida umumiy inflyasiya – 6,2%;
• bazaviy inflyasiya – 5,5%.
Iqtisodiyotda ayrim muvozanatlashuv alomatlari kuzatilayotganiga qaramay, inflyasion bosimlar hanuz saqlanib qolmoqda.
Xususan, inflyasion kutilmalarning pasayishi umumiy inflyasiyaga nisbatan sekinroq kechmoqda; jahon xomashyo, oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqori darajasi hamda tartibga solinadigan narxlarni liberallashtirish jarayoni asosiy inflyasion xatarlar sifatida baholanmoqda.
Ijobiy real foiz stavkalari aholining jamg‘arishga moyilligini qo‘llab-quvvatlamoqda. Markaziy bank inflyasiyani 2027-yil yakuniga qadar 5% maqsadli ko‘rsatkichiga tushirish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini ta’minlashda davom etadi.
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026-yil 28-oktyabr kuniga belgilangan, deyiladi MB xabarida.

