Dunyo

O‘zbekiston va Janubiy Koreya sun’iy intellekt, transport va ta’lim sohalarida hujjatlarni qabul qildi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya sun’iy intellekt, transport hamda ta’lim yo‘nalishlarida hujjatlar qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong ishtirokida ikki tomonlama hujjatlar almashinuvi marosimi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

To‘plamga savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan shartnoma hamda bitimlar kiritildi.

Hujjatlar transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, sun’iy intellekt, texnik ko‘mak, oliy, maktab va maktabgacha ta’lim sohalaridagi hamkorlikni qamrab oladi.

Shuningdek, tibbiy mahsulotlarni tartibga solish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, intellektual mulkni himoya qilish, arxiv ishi va boshqa yo‘nalishlarda ham hujjatlar qabul qilindi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorlikning beshta ustuvor yo‘nalishini belgilagani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.