Dunyo

Shavkat Mirziyoyev rasmiy kutib olish marosimi uchun Janubiy Koreya prezidenti qarorgohiga yetib keldi

Koreya Respublikasi Prezidentining «Chong Va De» qarorgohida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston rahbari va uning rafiqasini Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon va uning rafiqasi kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari Faxriy qorovul safini aylanib oʻtib, aʼzolarni qutladilar […]

Shavkat Mirziyoyev rasmiy kutib olish marosimi uchun Janubiy Koreya prezidenti qarorgohiga yetib keldi

Koreya Respublikasi Prezidentining «Chong Va De» qarorgohida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston rahbarini rafiqasi bilan birga Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon rafiqasi bilan kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi davlat madhiyalari yangradi.

Davlat rahbarlari Faxriy qorovul safini aylanib oʻtib, ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolarini qutladilar. Soʻngra Shavkat Mirziyoyev «Chong Va De» qarorgohining Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.

Birgalikda suratga tushishdan soʻng, prezidentlar oliy darajadagi muzokaralarni boshlashdi, ularning davomida tomonlar Oʻzbekiston-Koreya strategik sherikligini yanada rivojlantirishni muhokama qiladilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.