Shavkat Mirziyoyevni Serbiya saroyida tantanali kutib olishdi
Davlat rahbarini Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev Serbiya saroyida tantanali tarzda kutib olindi
Belgraddagi Serbiya saroyida rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarini Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich qarshi oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi. Shuningdek, artilleriya to‘plaridan o‘n marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushish marosimidan keyin oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

