Mahalliy

O‘zbekiston va Janubiy Koreya temiryo‘l ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya temir yo‘l ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish masalasini muhokama qildi.

10-avgust kuni O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdugafarov O‘zbekiston–Koreya biznes davra suhbati doirasida Janubiy Koreyaning Sampyo Railway Co., Ltd. kompaniyasi prezidenti Yu Xi Chul bilan uchrashdi.

Uchrashuvda temir yo‘l transporti uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mamlakatda qabul qilingan normativ-huquqiy va texnik hujjatlarda belgilangan talablar hamda standartlarni o‘rganish jarayoniga Janubiy Koreyaning malakali mutaxassislarini jalb etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, loyihani amalga oshirishni jadallashtirish va aniq chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha kelishib oldilar. Qayd etilishicha, hamkorlik temir yo‘l sohasida mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi transport sohasidagi amaliy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sampyo Railway Co. Janubiy Koreyaning temir yo‘l infratuzilmasi uchun ehtiyot qismlar, temir-beton shpallar, relslar va strelkali o‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Xitoy davlat temiryo‘llari” korporatsiyasi boshqaruvi a’zosi, rais o‘rinbosari Van Szinsi bilan uchrashib, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li loyihasining amalga oshirilishi va transport sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi. Transport vazirligi xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi transport sohasidagi hamkorlik, shuningdek, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasining borishi ko‘rib chiqilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.