O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
Yaponiyada o‘tayotgan Ayti–Nagoya–2026 V yozgi Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ikkinchi kunni 33 ta medal

O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi
20-oktyabr kuni O‘zbekiston vakillari 11 ta oltin, 11 ta kumush va 11 ta bronza, jami 33 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija delegatsiyaga umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.
21-oktyabr kunining birinchi yarmida ham sportchilarimiz muvaffaqiyatli qatnashdi. Xususan, Marjona Pardaboyeva para veloshosseda, Dovurxon Karomatov para dzyudoda, Bekzod Jamilov va Ruxshona O‘ktamova para pauerliftingda oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
Kumush medallarni Odina Hamdamova, Mohigul Sharobidinova, Mohinur Parmonova va Robiyaxon Toshpo‘latova qo‘lga kiritdi.
Jahongir Xalilov, Botir Muhammedov, Temurbek G‘iyosov, Habiba Jo‘rayeva va Feruza Ergasheva bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, 21-oktyabr kunining birinchi yarmida O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza, jami 13 ta medalni o‘z hisobiga yozdirib oldi.
Musobaqalar davom etmoqda.

