Sport

O‘zbekistonlik parasportchilar bir kunda 18 ta medalni qo‘lga kiritdi

Shundan 6 tasi oltin, 8 tasi kumush va 4 tasi bronza medalidir

O‘zbekistonlik parasportchilar bir kunda 18 ta medalni qo‘lga kiritdi

Yaponiyaning Ayti–Nagoya shahrida davom etayotgan V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 19-oktyabr kungi bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi 18 ta medalga ega bo‘ldi. Ularning 6 tasi oltin, 8 tasi kumush va 4 tasi bronza medalidir.

Kunning ilk oltin medalini para velotrek bo‘yicha Bobur Toshtemirov qo‘lga kiritdi. U 3 kilometrga yakka tartibda ta’qib qilish poygasida 3:41,263 natija qayd etib, Para Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi. Bu O‘zbekiston tarixida para velosport bo‘yicha ushbu musobaqada qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal bo‘ldi.

Shuningdek, para suzishda Lolaxon Qodirova va Yegor Bolotov, para yengil atletikada esa Husniddin Norbekov, Mahliyo Akramova hamda Qudratillo Ma’rufxo‘jayev oltin medalga sazovor bo‘ldi. Qodirova Osiyo rekordini, Akramova va Ma’rufxo‘jayev esa Para Osiyo o‘yinlari rekordlarini yangiladi.

Kumush medallar Uljon Amriyeva, Kemran Nurillayev, Fayozbek Valijonov, Umida Mamarajabova, Omadbek Hasanov, Mubinabonu Xalilova, To‘libboy Yo‘ldoshev va Dmitriy Xorlin tomonidan qo‘lga kiritildi.

Bronza medallari esa Bonu Babayeva, Fotima Toirova, Ibrohimjon Akbarov, Qizlarxon Isomiddinova va Muslima Odilova hissasiga to‘g‘ri keldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.