Sport

Osiyo oʻyinlari kundaligi. Yana ikki oltin va boksdagi magʻlubiyatlar

Dzyudo va yunon-rum kurashida dastlabki oltinlar qoʻlga kiritildi. Boks jamoasining uch nafar vakili esa yarimfinalda yutqazdi. Finalda Oʻzbekistondan faqat uch nafar bokschi boʻladi.

Osiyo oʻyinlari kundaligi. Yana ikki oltin va boksdagi magʻlubiyatlar

Oʻzbekiston oltin medallar sonini 16 taga yetkazdi va eng yaqin taʼqibchisi Tailanddan uzoqlashishda davom etmoqda.

Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari 2026-yilgi Osiyo oʻyinlarining 11-kunida 12 sport turida qatnashishdi.

Kun davomida delegatsiya hisobiga yana 9 ta medal qoʻshildi: 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza. Bu medallarning barchasi dzyudo, yunon-rum kurashi va boksda qoʻlga kiritildi.

Bugungi dasturda Oʻzbekiston dzyudo jamoasining 4 vakili maydonga tushdi va ulardan uch nafari medalga ega boʻldi.

Laziza Haydarova chorakfinalda yaponiyalik Kondo Mitsukiga qarshi gilamga chiqib, magʻlubiyatga uchradi. Yaponiyalik sportchi finalgacha yetib borgani (u shu vazn toifasi chempioni ham boʻldi) sabab Haydarovada bronza uchun kurashish imkoniyati paydo boʻldi, biroq oʻzbekistonlik sportchi medal uchun oʻtish bahsida tojikistonlik Ahliya Moʻminovaga ham yutqazdi.

Siti Qadamboyeva esa Oʻzbekistonga navbatdagi oltin medalni olib keldi. U chorakfinalda qozogʻistonlik Meruyert Sarsenovani, yarimfinalda moʻgʻulistonlik Uranzaya Bayanmunkni, finalda esa Janubiy Koreya vakili Jang Seyunni magʻlub etdi.

Samariddin Qoʻchqorov bronza bilan kifoyalandi.

U dastlabki bosqichda nepallik Vikasni ippon bahosi bilan yengdi, keyingi bosqichda Bahrayn nomidan qatnashgan Ruslan Poltoratskidan yuko bahosi bilan ustun keldi, ammo yarimfinalda yaponiyalik Hayato Kondoga vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berdi. Medal uchun kurashda esa tojikistonlik Loyiq Kudbudinovdan vazari va yuko baholari evaziga ustun keldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.