Dunyo

O‘zbekiston Birinchi xonimi Belgraddagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi

Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich Belgradning madaniy durdonalarini birga tomosha qildi

**O‘zbekiston Birinchi xonimi Belgraddagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi**

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Serbiya Birinchi xonimi Tamara Vuchich hamrohligida Belgrad shahridagi bir qator madaniy obyektlarga bordi.

Dasturdagi ilk manzil Serbiya Milliy muzeyi bo‘ldi. Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich muzey ekspozitsiyasi bilan tanishib, mamlakat tarixiga oid arxeologik topilmalar hamda serb va jahon san’ati namunalarini ko‘zdan kechirdilar.

Birinchi xonimlar muzeyda tashkil etilgan «Etno-mreja» an’anaviy hunarmandchilik ko‘rgazmasini ham tomosha qildilar. Unda Serbiyaning milliy hunarmandchilik an’analari va madaniy merosi namunalari namoyish etilgan.

Tashrif chog‘ida Serbiya milliy merosining eng muhim durdonalaridan biri — «Miroslav Injili»ga alohida e’tibor qaratildi. XII asrga oid ushbu noyob qo‘lyozma serb kirill yozuvining eng qadimiy namunalaridan biri hisoblanadi.

Yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan qo‘lyozma o‘zining mohirona bezatilgan miniatyuralari bilan ham ahamiyatlidir. 2005 yilda «Miroslav Injili» YuNESKOning «Jahon xotirasi» xalqaro reyestriga kiritilgan.

Shundan keyin Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich dunyodagi eng yirik pravoslav ibodatxonalaridan biri hamda Serbiyaning muhim ma’naviy ramzlaridan sanaladigan Avliyo Savva cherkoviga tashrif buyurdilar.

Tashrif doirasidagi samimiy suhbatda Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.