Belgrad ko‘chalaridan biriga «Toshkent» nomi berildi
Yetakchilar mazkur qaror bugun strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali munosabatlarining jadal

Belgrad ko‘chalaridan biriga «Toshkent» nomi berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi navbatdagi tadbir Belgrad ko‘chalaridan biriga «Toshkent» nomini berish marosimi bo‘ldi.
Yetakchilar ushbu qaror bugun strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali munosabatlarining jadal rivojlanib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladilar.
Toshkent ko‘chasi xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.

