Mahalliy

Ohangaronda bogʻchada hasharotlarga qarshi dori ichib qoʻygan 3 yoshli bola vafot etdi

Bola zudlik bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni boʻlmagan. Hozirda xavfli vosita bolaning qoʻliga qanday tushib qolgani hamda uni saqlash uchun kim masʼul boʻlgani oʻrganilmoqda.

Ohangaronda bogʻchada hasharotlarga qarshi dori ichib qoʻygan 3 yoshli bola vafot etdi

Ohangaron shahridagi davlat bogʻchasida tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi vositani ichib, hayotdan koʻz yumdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea 2026-yil 28-avgust kuni sodir boʻlgan. 2023-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchi oshxonada hasharotlarga qarshi ishlatiladigan BSM vositasini ichib qoʻygan. Bola darhol Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni boʻlmagan.

“Maʼlumotlarga koʻra, bolaning buvisi mazkur tashkilot oshxonasida autsorsing tashkiloti xodimi - oshpaz sifatida ishlagan. Hodisa tarbiyalanuvchi buvisining yoniga, oshxonaga kirgan vaqtda sodir boʻlganligi aytilgan. Biroq bu holat yuzasidan yakuniy xulosa faqat vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilayotgan tergov va surishtiruv natijalariga koʻra beriladi”, deyiladi boshqarma munosabatida.

Hozirda tegishli tashkilotlar bola oshxonaga qanday kirgani, xavfli vosita uning qoʻli yetadigan joyda nima sababdan turgani va uni saqlash uchun kim masʼul boʻlgani yuzasidan oʻrganish olib bormoqda.

Boshqarma bola hayotiga zomin boʻlgan hodisaning biror jihati eʼtibordan chetda qolmasligini, tergov ishlari hozir ham davom etayotganini hamda aybdorligi aniqlangan shaxslarga nisbatan qonun doirasida chora koʻrilishini maʼlum qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.