Oʻzbekistonning yana 100 ta tumani birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yangi modeliga oʻtadi

Oʻzbekistonning yana 100 ta tumani birinchi tibbiy yordamning yangi modeliga oʻtadi
Kelgusi yildan boshlab Oʻzbekistonda birinchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi modelini yana 100 ta tumanga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Ilgari u 28 ta tumanda sinovdan oʻtkazilgan boʻlib, u yerda oilaviy shifokorlarga yetti million aholi biriktirilgan edi.
Ushbu model poliklinikalar tarmogʻini qayta tashkil etish, oilaviy shifokorni tanlash imkoniyati hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar paketi doirasida yordam koʻrsatishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, tibbiyot brigadalari va biriktirilgan aholi oʻrtasida ikkala tomonning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi bitimlar tuzish koʻzda tutilgan.
Pilot loyihasi davomida laboratoriyalar ochildi, shifokorlar va hamshiralarni oʻqitish tashkil etildi, shuningdek, "patsiyent yoʻnalishi" — tibbiy yordam olish tartibi ishlab chiqildi.
Kafolatlangan paket doirasida ambulatoriya patsiyentlariga 69 turdagi dori-darmon vositalari ham bepul berilmoqda.
Rasmiylarga koʻra, modelning joriy etilishi aholining poliklinikalarga boʻlgan ishonchini oshirdi. Shu bilan birga, tibbiy xizmatlar sifatining oʻzgarishi va pilot loyihasi yakunlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilmagan.
Oldinroq prezident tibbiyot xodimlari uchun Ibn Sino nomidagi davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qilgan edi. Uni insonlar salomatligi haqida qaygʻurganlik hamda ilgʻor ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etganlik uchun topshirish rejalashtirilmoqda.

