Oʻzbekistonlik besh nafar bokschi BoxRec jahon top-10 taligidan joy oldi

Oʻzbekistonlik besh nafar bokschi BoxRec jahon top-10 taligidan joy oldi
BoxRec statistika portali Oʻzbekistonga kiritgan bir yoʻla besh nafar bokschi vazn toifasidan qatʼi nazar dunyoning eng kuchli havaskorlari oʻntaligiga kirdi. Reytingni Olimpiya chempioni Abdumalik Xalokov boshqardi.
Xalokovdan tashqari, top-10 talikdan beshinchi oʻrinni egallagan Fazliddin Erkinboyev, yettinchi oʻrindagi Toʻrabek Habibullayev va sakkizinchi oʻrindagi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham joy oldi. Oʻninchi pogʻonani Saidjamshid Jaʼfarov band etdi.
Shu bilan birga, Jaʼfarov hozirda rasman Ozarbayjon sharafini himoya qilmoqda. Xususan, World Boxing tashkilotining 2026 yilgi Jahon kubogi hujjatlarida u AZE kodi ostida koʻrsatilgan, biroq BoxRec hozircha sportchini Oʻzbekiston vakili sifatida hisobga olishda davom etmoqda.
Jakartadagi yoshlar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligida U19 va U23 erkaklar terma jamoalari umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

