Sport

O‘zbek va jahon boksi afsonasi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi

Dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi.

O‘zbek va jahon boksining afsonaviy namoyandasi, "Toshkent yo‘lbarsi" laqabi bilan mashhur bo‘lgan Rufat Risqiyev 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Rufat Asadovich Risqiyev 1949-yil 2-oktyabrda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. U 1974-yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonib, boks bo‘yicha dunyo birinchiligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek sportchisi sifatida tarixga muhrlangan. Shuningdek, Rufat Risqiyev 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlarining finalchisi bo‘lgani ham keng jamoatchilikka ma’lum.

2019-yildan boshlab boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrini topshirish an’anasi joriy etilgan.

Xabar.uz jamoasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.