Sport

WBC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik bokschilar nechanchi o‘rinlardan joy olgani ma’lum bo‘ldi

WBC reytingi yangilandi: O‘zbekistonlik bokschilarning o‘rinlari ma’lum bo‘ldi

Butunjahon boks kengashi (WBC) avgust oyi yakunlari bo‘yicha professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan jami 11 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi turli vazn toifalarida joy oldi.

Birinchi yarim yengil vazn (-55,2 kg) toifasida, yaponiyalik Naoya Inoue mutlaq chempion bo‘lgan divizionda, Murodjon Ahmadaliyev uchinchi o‘rinni egalladi. Shu vaznda yana bir o‘zbekistonlik bokschi Muhammad Shexov 12-pog‘onadan 11-o‘ringa ko‘tarildi. Yengil vazn (-61,2 kg) toifasida professional ringda mag‘lubiyatga uchramagan Sirojbek Ismoilov (11 jang, 11 g‘alaba, 8 nokaut) 16-o‘rinda qayd etildi.

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kg) uch nafar bokschi reytingdan joy oldi: Mujibillo Tursunov 27-o‘rinda, Shohjahon Ergashev 31-o‘rinda va Ruslan Abdullayev 34-pog‘onada bormoqda. Super yarim o‘rta vaznda (-69,9 kg) Isroil Madrimov 8-o‘rinni egalladi.

Super o‘rta vaznda (-76,2 kg) so‘nggi jangida ganalik Sena Agbekonini mag‘lub etib, WBA qit’alararo kamarini himoya qilgan Bektemir Meliqo‘ziyev bu safar bir pog‘ona pastlab, 6-o‘ringa tushdi.

Super og‘ir vazn toifasida (+101,6 kg) Bahodir Jalolov 13-o‘ringa tushdi. U professional boksda 18 ta jang o‘tkazib, barchasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan. U Manchesterdagi so‘nggi jangida xorvatiyalik Agron Smakichini nokautga uchratgandi. Lazizbek Mullajonov esa 24-o‘ringa ko‘tarildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.