Oʻzbekistonda mehmonxona biznesi subʼyektlariga kreditlar ajratish tartibi taqdim etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasida 8 sentyabr kuni mehmonxona biznesi subʼyektlarini imtiyozli kreditlash shartlari eʼlon qilindi.

Oʻzbekistonda mehmonxona biznesi subʼyektlariga kreditlar berish tartibi taqdim etildi
Idora xabariga koʻra, tijorat banklari yangi obʼyektlarni qurish uchun — 50 milliard soʻmgacha — va faoliyat koʻrsatayotgan mehmonxonalarni rekonstruktsiya qilish hamda jihozlash uchun — 20 milliard soʻmgacha kreditlar ajratadi. Qarz muddati 10 yilgacha yoki 120 oyni tashkil etadi, bunda qarz oluvchilar uchun 2 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan.
Shartlarga koʻra, foiz xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi. Milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha yillik 16 foizdan oshgan qismi, xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha esa SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR bazaviy stavkalaridan oshgan qismi qoplab beriladi. «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ kompensatsiya operatori hisoblanadi.
«Kredit mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri turizm hududiy boshqarmalari orqali yigʻilib, Turizm xizmatlarini sertifikatlash markaziga taqdim etiladi»,
— deyiladi xabarda.

