Oʻzbekistonda komplayens-xizmatlari materiallarni toʻgʻridan-toʻgʻri huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi mumkin boʻladi
Oʻzbekistonda davlat organlari va davlat ishtirokidagi kompaniyalarda ichki nazorat va komplayens-nazorat boʻlinmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Bunday boʻlinmalar tashkilotlar ichida korruptsiyaga qarshi talablarga rioya etilishi va korruptsiya xavf-xatarlarini aniqlash uchun javobgardir. Hujjat ularning ish tartibi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari ochiq va shaffof tanlov natijalariga koʻra tayinlanadi. Komplayens-nazorat xizmatlari uchun […]

Oʻzbekistonda komplayens-xizmatlari materiallarni toʻgʻridan-toʻgʻri huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish huquqiga ega boʻladi
Oʻzbekistonda davlat organlari va davlat ishtirokidagi kompaniyalarda ichki nazorat tuzilmalari hamda komplayens-xizmatlari faoliyatini tartibga soluvchi namunaviy nizom tasdiqlandi. Ushbu tuzilmalar tashkilotlar ichida korruptsiyaga qarshi kurashish talablariga rioya etilishi va korruptsiya xavf-xatarlarini aniqlash uchun javobgardir.
Hujjatda ularning faoliyat tartibi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab qoʻyilgan. Bunday tuzilmalar rahbarlari va xodimlari ochiq va shaffof tanlov natijalariga koʻra tayinlanadi.
Komplayens-xizmatlari uchun alohida elektron platforma yaratiladi. Unda xodimlar reyestri yuritiladi, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlar eʼlon qilinadi va anonim soʻrovnomalar oʻtkaziladi. Ularning natijalari jamoatchilik uchun ochiq boʻladi.
Agar davlat organi yoki tashkiloti rahbari tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, tuzilma Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati bilan kelishilgan holda materiallarni toʻgʻridan-toʻgʻri huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, komplayens-xizmatlari rahbarning kadrlar va moliyaviy masalalardagi vakolatlarini vaqtinchalik cheklashni yoki uni oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatishni taklif qilish huquqiga ega boʻladi.
Ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga davlat himoyasi, jumladan, huquqiy va ijtimoiy himoya kafolatlanadi.

