Mahalliy

Oʻzbekistonda komplayens va korruptsiyaga qarshi kurashish xizmatlari faoliyatiga doir talablar belgilandi

Oʻzbekistonda komplayens va korruptsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmalari faoliyatiga doir talablar belgilandi

Oʻzbekistonda davlat organlari va davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan kompaniyalarda komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining yagona tartibi joriy etildi.

Bunday tuzilmalar korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaydi, qonunbuzarliklarning oldini oladi va manfaatlar toʻqnashuvini nazorat qiladi. Ular alohida xizmat, boʻlim yoki alohida lavozim sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

Xodimlar uchun maʼlumot, ish staji va maxsus tayyorgarlik boʻyicha talablar belgilandi. Ularga nisbatan odatiy KPI tizimi qoʻllanilmaydi, u bilan bogʻliq ustamalar esa maksimal miqdorda toʻlanishi kerak. Xodimlarga, shuningdek, davlat tomonidan huquqiy va ijtimoiy himoya kafolatlanadi.

Xabar qilinishicha, Toshkent shahar hokimligining komplayens xizmati muqaddam jinoyat sodir etgan 29 nafar xodimga oid maʼlumotlarni tekshirgan. Tahlil natijalariga koʻra, ikki nafar xodim ishdan boʻshatilgan, yana biri boshqa lavozimga oʻtkazilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.