Mahalliy

Davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi nazorat tuzilmalari tartibga solinmoqda

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida komplayens

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi nazorat tuzilmalari tartibga keltirildi

Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati tartibga solindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab berilmoqda.

Unga ko‘ra:

- ichki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;

- ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi;

- ichki nazorat tuzilmalari xizmat, bo‘linma ko‘rinishida tashkil etiladi yoxud lavozimdan iborat bo‘ladi;

- ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlariga nisbatan oliy ma’lumot, ish staji hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish kabi minimal talablar belgilanadi;

- KPI ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlarining faoliyatiga nisbatan qo‘llanilmaydi, KPI dan kelib chiqadigan ustamalar maksimal miqdorda tatbiq etiladi, KPI ni pasaytirish Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

- ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo‘ladi va ular huquqiy hamda ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.