Mahalliy

Qurilish sohasida 1,65 mingta qonunbuzilish holati hamda 1,1 mingta oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshoot aniqlangan

Mazkur holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrilib, 624 ta holatda maʼmuriy choralar qoʻllanilgan, jarimalarning umumiy miqdori 68,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Qurilish sohasida 1,65 mingta qonunbuzilish holati hamda 1,1 mingta oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshoot aniqlandi

Senatning 20-yalpi majlisida qurilish sohasida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi.

Parlament soʻrovi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavflarni baholash, manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish, davlat xaridlarining shaffofligini taʼminlash, davlat arxitektura nazoratini kuchaytirish hamda sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

Xususan, korrupsiyaviy xavflarni funksional baholash yakunlariga koʻra 95 ta past, 10 ta oʻrta va 1 ta yuqori xavfli yoʻnalish aniqlangan. Bundan tashqari, davlat arxitektura nazorati tadbirlari davomida 1,65 mingta qonunbuzilish holati hamda 1,1 mingta oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshoot aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan tegishli choralar koʻrilib, 624 ta holatda maʼmuriy choralar qoʻllanilgan, jarimalarning umumiy miqdori 68,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Davlat xaridlari sohasida “Masofaviy audit” mexanizmidan foydalanish orqali 3 mlrd soʻmlik tenderda qonunbuzilishning oldi olingan, 869,5 mln soʻmlik qonunbuzilish materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Majlisda qurilish sohasida korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishda normativ talablarning aniq va tushunarli boʻlishi masalasiga ham alohida urgʻu berildi. Vazirlik tomonidan 105 ta eskirgan normativ-texnik hujjat qayta ishlangan, 76 ta hujjatning majburiy maqomi bekor qilinib, ular maʼlumot uchun tavsiyaviy toifaga oʻtkazilgan.

Muhokama yakunida vazirlikka korrupsiyaviy xavflarni muntazam qayta baholash, yuqori xavfli yoʻnalishlar boʻyicha nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning haqqoniyligi va toʻliqligini tahlil qilish, davlat xaridlarida shaffoflikni taʼminlash, arxitektura nazoratida aniqlangan qonunbuzilishlarning tizimli sabablarini bartaraf etish hamda raqamli nazorat mexanizmlarining samaradorligini oshirish vazifalari belgilandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.