Oʻzbekistonda ishdan boʻshatilganlar uchun pensiyaga muddatidan oldin chiqish tartibi tasdiqlandi

Oʻzbekistonda ishdan boʻshatilganlar uchun pensiyaga muddatidan oldin chiqish tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekistonda ishdan boʻshatilgan xodimlarning ayrim toifalariga, agar ular uch oy davomida munosib ish topa olmasalar, yoshga doir pensiya muddatidan oldin tayinlanishi mumkin. Bunday huquq kamida 25 yillik ish stajiga ega boʻlgan 58 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar va kamida 20 yillik ish stajiga ega boʻlgan 53 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar uchun nazarda tutilgan.
Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 sentyabrdagi qarori bilan mustahkamlandi.
Pensiyaga muddatidan oldin chiqishni rasmiylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirish lozim. Arizaga mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi. Agar mehnat staji hali toʻliq raqamlashtirilmagan boʻlsa, mehnat daftarchasining nusxasi ham talab etiladi.
Mahalliy bandlik organi ikki ish kuni ichida hujjatlarni tekshiradi va ariza beruvchini ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga oladi. Soʻngra uch oy davomida unga munosib ish tanlanadi. Agar ushbu muddat ichida ishga joylashishning iloji boʻlmasa, shaxs ishsiz deb eʼtirof etiladi va muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun hujjatlar Pensiya jamgʻarmasiga yuboriladi. Ushbu davlat xizmati bepul koʻrsatilishi qayd etilgan.
Pensiya tayinlanganidan keyin ishsizlik nafaqasini toʻlash keyingi oydan boshlab toʻxtatiladi.

