Mahalliy

O‘zbekistonda ishsiz qolganlar va boquvchisini yo‘qotganlarga pensiyalar proaktiv tayinlanishi belgilandi

O‘zbekistonda 1-noyabrdan ayrim ishsiz fuqarolarga yoshga doir pensiya umumiy belgilangan yoshdan ikki yil avval proaktiv tarzda tayinlanadi. 2027-yildan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi ham murojaatsiz tayinlanadi. 2027-yildan Pensiya jamg‘armasi fuqarolardan qog‘oz hujjatlarni qabul qilmaydi.

O‘zbekistonda ishsiz qolganlar va boquvchisini yo‘qotganlarga pensiyalar proaktiv tarzda tayinlanishi belgilandi

28-sentabr kuni “Davlat pensiya ta’minotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagi pensiya ta’minoti xizmatlari fuqarolardan alohida murojaat talab qilinmagan holda proaktiv shaklda ko‘rsatiladi, bunda fuqaroga proaktiv tarzda tayinlangan pensiyalarni rad etish huquqi beriladi:

2026-yil 1-noyabrdan boshlab mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda band bo‘lgan hamda boshqa asoslarga ko‘ra umumiy belgilangan pensiya yoshi qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega shaxslarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash xizmati interaktiv shaklda ko‘rsatiladi.

Fuqarolar buning uchun o‘z xohishiga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin.

2026-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun murojaat qilishi mumkin. Agar tayinlanadigan yangi pensiya miqdori fuqaro olayotgan pensiyadan kam bo‘lsa, avvalgi pensiya turi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Shuningdek, ish staji va ish haqi to‘g‘risida arxiv yoki tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilish mumkin bo‘ladi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab pensiya to‘lovini naqd pul shakliga o‘tkazish va to‘xtatib turilgan pensiya to‘lovlarini tiklash bo‘yicha murojaat qilish mumkin bo‘ladi.

Fuqarolar sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari, ijro hujjatlari hamda boshqa qarorlar asosida pensiya miqdoridan chegirma qilingani to‘g‘risida, hisoblangan pensiya va ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘langani haqida ma’lumot olishi mumkin.

Yashash manzili o‘zgargani munosabati bilan pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildini hisobga qo‘yish ham elektron shaklda amalga oshiriladi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab “Mening pensiyam” onlayn xizmati orqali pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinadigan:

Shuningdek, pensiyaning tayinlanadigan miqdorini aniqlash hamda davlat arxivi idoralariga ish haqi va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun elektron so‘rovlar yuborish imkoniyati beriladi.

Pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolar oldindan xabardor qilinadi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolardan qog‘oz shaklidagi hujjatlar va ma’lumotlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2028-yildan pensiya yoshi har yili 3 oyga oshirilib, 2039-yilda erkaklar uchun 63, ayollar uchun 58 yoshga yetkaziladi. Shuningdek, pensiya tayinlash uchun eng kam ish staji 2034-yilda 15 yilgacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.