Mahalliy

O‘zbekistonda pensiya yoshi oshiriladi: loyiha muhokamaga qo‘yildi

Loyiha muhokamasi 30-sentyabrgacha davom etadi

O‘zbekistonda pensiya yoshi oshiriladi: loyiha muhokamaga qo‘yildi

2028-yil 1-yanvardan boshlab pensiya yoshini har yili 3 oyga oshirib borish orqali 2039-yilda erkaklar uchun 63 yoshga, ayollar uchun esa 58 yoshga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Bu masala yuzasidan Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi.

Shuningdek, farmon loyihasiga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan:

- pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan oxirgi mehnat faoliyati davomidagi besh yillik ish haqi davri har yili bir yilga uzaytirilib, yigirma yillik ish haqi davriga yetkaziladi. Bunda pensiya tayinlashda o‘rtacha ish haqini aniqlashda fuqaroning eng past daromadli davrining 10 foizi pensiya hisob-kitobidan chiqarib tashlash tartibi joriy etiladi;

- yoshga doir pensiya tayinlash uchun belgilangan kamida 7 yil ish staji har yili bir yilga bosqichma-bosqich oshirilib, 2034-yilda 15 yilga yetkaziladi. Bunda eng kam ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga umumiy belgilangan pensiya yoshidan besh yil o‘tgach yoshga doir nafaqa olish huquqi saqlanib qoladi;

- 2028-yil 1-apreldan boshlab birinchi marta pensiya tayinlashda ish haqining yuqori chegarasi pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravaridan 13 baravariga oshiriladi.

Shu bilan birga:

— ishsiz qolganlar 2 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi;

— 2030-yildan jamg‘arilgan pensiya pulini davolanish yoki ipoteka boshlang‘ich to‘loviga ishlatish mumkin bo‘ladi.

Loyiha muhokamasi 30 sentyabrgacha davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.