Oʻzbekistonda ilk bor Tashkent Content Market xalqaro kontent bozori oʻtkaziladi
Toshkentda 2027 yilning 4–5 fevral kunlari boʻlib oʻtadigan Tashkent Content Market (TCM) xalqaro kontent-bozorining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Maydoncha oʻzbek filmlari, seriallari, animatsiyasi va raqamli mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish, xorijiy hamkorlarni topish hamda yangi loyihalarni ishga tushirishga yordam berish uchun moʻljallangan. Tadbir doirasida xalqaro koʻrgazma, forum, B2B-uchrashuvlar, loyihalar taqdimoti va master-klass oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tashkilotchilar 3 000 dan ortiq ishtirokchini kutmoqda […]

Oʻzbekistonda ilk bor Tashkent Content Market xalqaro kontent bozori oʻtkaziladi
Toshkentda 2027 yilning 4–5 fevral kunlari boʻlib oʻtadigan Tashkent Content Market (TCM) xalqaro kontent bozorining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Maydoncha oʻzbek filmlari, seriallari, animatsiyasi va raqamli mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish, xorijiy hamkorlarni topish hamda yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyishga yordam berishi kerak.
Tadbir dasturidan xalqaro koʻrgazma, forum, B2B-uchrashuvlar, loyihalar taqdimoti va mahorat saboqlari oʻrin olgan.
Tashkilotchilar 50 dan ortiq mamlakatdan 3 000 nafardan ziyod ishtirokchini kutishmoqda. Taqdimotga telekanallar, onlayn-platformalar, kinostudiyalar, mediakompaniyalar va davlat tashkilotlari vakillari tashrif buyurishdi.

