O‘zbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi
Taqdimotda o‘zbek filmlari va seriallarini xorijiy bozorlarga olib chiqish, chet el kontentini xarid qilish hamda

O‘zbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda namoyish etildi
Olmaotada bo‘lib o‘tgan World Content Market tadbirida Kontent markazi vakili, aktyor va rejissyor Rashid Malikov O‘zbekiston media loyihalari, ishlab chiqilayotgan kino va seriallar yuzasidan taqdimot qildi.
Taqdimot davomida o‘zbek filmlari va seriallarini xorijiy bozorlarga olib chiqish, chet el kontentini xarid qilish hamda hamkorlikda kino va media loyihalar yaratish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi suratga olish maskanlari va mahalliy ijodiy jamoalar bilan ishlash imkoniyatlari ham tanishtirildi.
World Content Market doirasida Kontent markazi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston pavilonida Sevimli TV, Zoʻr TV, MY5, Renessans TV, Biz TV, Solnechniy TV telekanallari hamda Salom TV, SPlay, Zoʻr Play, Biz Media onlayn platformalari, "Panorama Fox", "Media Show TV" kabi xususiy kinostudiyalar vakillari qatnashib, B2B muzokaralarda ishtirok etdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar 2027 yil 4–5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Tashkent Content Market tadbiriga taklif qilindi va bu taklif ular tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

