Mahalliy

Oʻzbekistonda ilk bor SI-robot yordamida chanoq-son boʻgʻimida operatsiya oʻtkazildi. Video

Oʻzbekistonda ilk bor SI-robot yordamida chanoq-son boʻgʻimida operatsiya oʻtkazildi. Video

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya markazida sunʼiy intellektga asoslangan robot-assistent yordamida chanoq-son boʻgʻimini almashtirish boʻyicha murakkab operatsiya amalga oshirildi. Jarrohlik amaliyoti jarayonini mamlakatning turli hududlaridan kelgan shifokorlar onlayn tarzda kuzatib borishdi.

Robot jarrohlarga operatsiyalarni yuqori aniqlikda oʻtkazishga yordam beradi. Amaliyot boshlangunga qadar tizim bemorning kompyuter tomografiyasi maʼlumotlarini tahlil qiladi va operatsiyaning virtual rejasini tuzadi. Jarohlik jarayonida u shifokorga juda aniq harakatlarni bajarishda va protezni kerakli burchak ostida oʻrnatishda yordam berdi, bu ayniqsa boʻgʻimning murakkab deformatsiyalarida juda muhimdir.

Bundan tashqari, robotlashtirilgan texnologiyalar operatsiya davomiyligini qisqartirish, asoratlar xavfini kamaytirish va jarrohlik amaliyotidan soʻng bemorning tiklanishini tezlashtirish imkonini beradi.

Operatsiyada Xitoydan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etishdi. Xorijlik hamkasblar bilan hamkorlik oʻzbekistonlik shifokorlarga tajriba almashish va zamonaviy davolash usullarini oʻzlashtirish imkoniyatini beradi.

Onlayn-translyatsiya tufayli Oʻzbekistonning barcha hududlaridan kelgan mutaxassislar jarrohlarning ishini kuzatish, har bir bosqichni oʻrganish va hamkasblarining tajribasini oʻzlashtirish imkoniga ega boʻlishdi.

Kelajakda SI-robot yordamidagi bunday operatsiyalarni markazning hududiy filiallarida ham oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Oldinroq Oʻzbekistonda robotlashtirilgan texnologiyalar qoʻllanilgan edi: Respublika neyroxirurgiya markazida robot-assistent va navigatsiya tizimidan foydalangan holda epilepsiyaning ogʻir shakli bilan ogʻrigan olti oylik chaqaloq muvaffaqiyatli operatsiya qilingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.