Mahalliy

Oʻzbekistonda ilk bor bemorga bir vaqtning oʻzida jigar va buyrak koʻchirib oʻtkazildi

Operatsiya jigar sirrozi va surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidan aziyat chekkan, toʻrt yil davomida gemodializ olgan bemorda bajarildi.

Oʻzbekistonda birinchi marta bemorga bir vaqtning oʻzida jigar va buyrak koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti Milliy tibbiyot markazida oʻtkazildi.

Operatsiya jigar sirrozi va surunkali buyrak yetishmovchiligining soʻnggi bosqichidan aziyat chekkan bemorda bajarildi. Maʼlumotlarga koʻra, bemor toʻrt yil davomida gemodializ muolajasini olgan.

Shifokorlarning taʼkidlashicha, bunday ogʻir holatlarda faqat jigarni yoki faqat buyrakni koʻchirib oʻtkazish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shu bois, ikkala organni bir vaqtning oʻzida transplantatsiya qilish bemorning hayotini saqlab qolish uchun yagona samarali yechim deb topildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.