Xitoylik mutaxassislar Xorazmda 30 nafar bolani bepul operatsiya qilishdi
Xorazm viloyatida xitoylik mutaxassislarning tibbiy missiyasi boʻlib oʻtdi, uning doirasida 68 nafar bola diagnostikadan oʻtkazildi, 30 nafar bemor esa bepul jarrohlik davolanishini oldi. Xitoy delegatsiyasi tarkibiga Fudan universiteti Bolalar shifoxonasi, «Sir Run Run Shaw» shifoxonasi, «Future Smile» jamgʻarmasi va «Meihao Tuoxin Biotechnology Co., Ltd.» kompaniyasining 18 nafar shifokori va vakillari kirdi. Bolalardagi operatsiyalar […] da oʻtkazildi

Xitoylik mutaxassislar Xorazmda 30 nafar bolani bepul operatsiya qilishdi
Xorazm viloyatida xitoylik mutaxassislarning tibbiy missiyasi boʻlib oʻtdi, unda 68 nafar bola diagnostikadan oʻtkazildi, 30 nafar bemor esa bepul jarrohlik muolajasini oldi.
Xitoy delegatsiyasi tarkibidan Fudan universiteti Bolalar shifoxonasi, «Sir Run Run Shaw» shifoxonasi, «Future Smile» jamgʻarmasi va «Meihao Tuoxin Biotechnology Co., Ltd.» kompaniyasining 18 nafar shifokori va vakillari joy oldi.
Bolalardagi jarrohlik amaliyotlari viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazida amalga oshirildi. Ishlar urologiya, yuz-jagʻ, plastik, ortopediya va umumiy xirurgiya yoʻnalishlarida olib borildi.
Tibbiy yordam koʻrsatishdan tashqari, xitoylik mutaxassislar viloyat va tuman tibbiyot muassasalari shifokorlari uchun amaliy trening oʻtkazdilar. Texnik koʻmak sifatida tibbiyot markaziga videolaringoskop topshirildi.
Hamkorlik Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va «Future Smile» jamgʻarmasi oʻrtasidagi memorandum doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu sheriklik doirasida oʻzbekistonlik mutaxassislar Xitoyda tahsil olmoqda, xitoylik shifokorlar esa bolalarni diagnostika qilish va operatsiyalarni amalga oshirish uchun muntazam ravishda Oʻzbekistonga kelishmoqda.
Joriy tashrif davomida Xitoy delegatsiyasi Samarqand va Fargʻona viloyatlarida ham boʻldi. Fargʻona viloyati koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasi bilan 2027 yilning birinchi yarmida bolalarda jarrohlik operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, Xitoyning «Meihao Tuoxin Biotechnology Co., Ltd.» kompaniyasi vakillari Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan Oʻzbekistonda tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy-kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish istiqbollarini muhokama qildilar.

