Mahalliy

Oʻqish bahonasida Turkiyaga olib borilgan 17 yoshli oʻzbekistonlik zoʻravonlikdan soʻng vatanga qaytarildi

Turkiyaga oʻqish bahonasida olib borilgan 17 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi majburiy nikohga undash, jismoniy zoʻravonlik va majburiy mehnat holatlariga duch kelganini bildirib, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilgan. Unga huquqiy yordam koʻrsatilib, Oʻzbekistonga qaytarilgan.

Oʻqish uchun Turkiyaga olib ketilgan 17 yoshli oʻzbekistonlik zoʻravonlikdan keyin vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi maʼlumotiga koʻra, Bosh konsulxona advokatlarni jalb etgan holda voyaga yetmagan vatandoshga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatgan. Uning Oʻzbekistonga qaytishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan qoplangan.

Ayni paytda uning xavfsizligi, ijtimoiy-huquqiy va psixologik himoyasini taʼminlash masalalari tegishli tashkilotlar nazoratiga olingan.

Agentlik xorijda zoʻravonlik, majburiy mehnat, tahqirlanish yoki ogʻir moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan fuqarolarni yordam soʻrab murojaat qilishga chaqirgan.

Bunday vaziyatlarda Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan bogʻlanish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.