Istanbulda boshpanasiz qolgan o‘zbekistonlik ayol uch farzandi bilan vatanga qaytarildi

Istanbulda boshpanasiz qolgan o‘zbekistonlik ayol uch farzandi bilan vatanga qaytarildi
Istanbulda og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol uch nafar farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi.
Ayol mehnat qilish maqsadida Turkiyaga borgan edi, biroq u yerda farzandlari bilan boshpanasiz va ijtimoiy yordamsiz qolib ketgan.
Murojaat kelib tushgach, Bosh konsulxona Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda ayol va uning farzandlarini oziq-ovqat bilan taʼminladi. Shuningdek, zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, ularning O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachiptalar olib berildi.
Ayol uch nafar farzandi bilan 17-sentyabr kuni Turkiyadan O‘zbekistonga jo‘natildi.
Bosh konsulxona xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilishini maʼlum qildi.

