Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlikka vatanga qaytishda yordam berildi

Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlikning vatanga qaytishiga ko‘mak berildi
BAAning Dubay shahriga ish izlab borgan va og‘ir moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan O‘zbekiston fuqarosining vatanga qaytishiga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, fuqaro U.R. BAAga ish topish maqsadida yo‘l olgan. Ammo u xorijga chiqishdan oldin O‘zbekiston Migratsiya agentligiga murojaat qilmagan va Dubayga yetib borgach, ishni o‘zi mustaqil ravishda izlay boshlagan.
Munosib ish topa olmagani sababli u moliyaviy muammolarga yuz tutgan. Natijada yashash va ovqatlanish uchun mablag‘i ham, O‘zbekistonga qaytish uchun aviachipta olish imkoniyati ham qolmagan.
O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi diplomatlari fuqaro bilan suhbat o‘tkazib, uning holatini o‘rgangan. Unga vaqtinchalik turar joy va oziq-ovqat berilgan, shuningdek, vatanga qaytishi uchun zarur amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Shu munosabat bilan xorijda ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolarga safardan oldin Migratsiya agentligiga murojaat qilish tavsiya etildi. Agentlik orqali xorijda rasmiy va xavfsiz ishga joylashish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish, ish beruvchilar bilan bog‘lanish hamda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yordam olish mumkin.
Bosh konsulxona xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga qonunchilik doirasida konsullik-huquqiy va amaliy ko‘mak berishda davom etmoqda.
Fuqaro va uning farzandlarida shaxsini tasdiqlovchi hamda mamlakatdan chiqish huquqini beruvchi hujjatlar bo‘lmagan. Shu sababli ayol xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasida, uning farzandlari esa “Tranzit” bolalar ijtimoiy boshpanasida saqlanib kelgan.

