Mahalliy

Istanbulda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

Istanbulda qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari o‘z yurtlariga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, Turkiyada og‘ir ijtimoiy-moliyaviy vaziyatga tushib qolgan A.A. va B.D. ismli fuqarolarning holati o‘rganilgan. Tekshiruv natijasida ularning shaxsiy hujjatlari, xususan, fuqarolik pasportlarini uchinchi shaxslarga berib yuborganliklari sababli hujjatsiz qolganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda ushbu fuqarolarga zarur konsullik va tashkiliy yordam ko‘rsatilib, ularning O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachiptalar xarid qilib berilgan.

Bosh konsulxona o‘z xabarida fuqarolarni ogohlantirib, "Har qanday holatda ham fuqarolik pasportlarini boshqa shaxslarga bermang, hujjatlarni ehtiyot qiling va ulardan faqat qonuniy maqsadlarda foydalaning", deya ta’kidladi.

Avvalroq, 2026-yilning dastlabki yetti oyi davomida xorijda murakkab vaziyatga tushib qolgan jami 2 888 nafar O‘zbekiston fuqarosi Migratsiya agentligi tomonidan vatanga qaytarilgani xabar qilingan edi. Bu maqsadlar uchun Migratsiya jamg‘armasidan umumiy 9 milliard 936 million so‘m mablag‘ sarflangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.