Mahalliy

Nega sovuq mavsumda Toşkent havosi ifloslanadi? Olimlar sabablarni tuşuntirdi

Toşkentda kuz-qiş mavsumida havo ifloslanişining kuçayişiga şamol tezligining pasayişi, harorat inversiyasi, yoğingarçilik kamligi va çang massalarining hududga kirib kelişi taʼsir körsatmoqda. Bir qator mutaxassislar havo ifloslanişining sabablari va ularni aniqlaş böyiça olib borilayotgan tadqiqotlar haqida maʼlumot berdi.

Nega sovuq mavsumda Toşkent havosi ifloslanadi? Olimlar buning sabablarini tushuntirdi

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri, geografiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Xolmatjonovning tushuntirishicha, sovuq mavsumda havo ifloslanishining kuchayishiga atmosferadagi havo aylanishi, shamol tezligi va yo‘nalishi ta’sir qiladi.

Toşkent tog‘oldi hududda joylashgani sababli shamol yo‘nalishlari havo massalarining harakatida muhim o‘rin tutadi. Sovuq yarim yillikda shamol tezligining pasayishiga olib keladigan sinoptik jarayonlar ko‘proq kuzatiladi. Natijada ifloslantiruvchi moddalar atmosferada tez tarqalmay, yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planishi mumkin.

Qish oylarida harorat inversiyasi ham havoning tozalanishini qiyinlashtiradi. Bunda yer yuzasiga yaqin sovuq havo qatlamining ustida iliqroq havo joylashib, havoning vertikal aralashuvini cheklaydi. Shuningdek, antitsiklonal jarayonlar va kuchsiz shamollar ham ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini sekinlashtirishi mumkin.

Atmosfera havosi ifloslanishining sabablarini aniqlash maqsadida prezident farmoni bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufida Ixtisoslashtirilgan atmosfera laboratoriyasi markazi tashkil etilgan.

Markaz rahbari, texnika fanlari doktori Zikrilla Alimovning ta’kidlashicha, laboratoriyada zamonaviy uskunalar yordamida havoni ifloslantiruvchi moddalarning kelib chiqish manbalari o‘rganilmoqda. Hozirda Toşkent shahrining barcha tumanlarida havodan maxsus filtrlar orqali namunalar olinib, tahlil qilinmoqda. Kelgusida ushbu tajribani respublika bo‘ylab keng joriy etish rejalashtirilgan.

Iqlim o‘zgarishi milliy markazi direktori, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Farrux Sattorovning ma’lum qilishicha, tabiiy omillar va noqulay meteorologik sharoitlar ham Toşkentda havo sifati yomonlashuviga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Joriy yil 26-oktabrga qadar Toşkentda 3,9 millimetr yog‘ingarchilik kuzatilgan. Oylik meyor esa 23,7 millimetrni tashkil etadi. Yog‘ingarchilik kamligi havodagi chang zarralarining yomg‘ir orqali yuvilib ketishini susaytiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.