Navoiyda 1,3 mlrd so‘mlik budjet puli tuya qilindi
Qo‘shib yozish orqali davlat puli talon-toroj qilingan

Navoiyda 1,3 mlrd so‘mlik budjet mablag‘i talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruvda «Navoiysuvqurilishinvest» davlat muassasasi, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi melioratsiya ekspeditsiyasi hamda «N.S.» va «B.Z.» MChJlari mutasaddilari o‘zaro til biriktirgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, mas’ul shaxslar shartnomada ko‘rsatilgan «DIVER» qurilmalari uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan bo‘lsa-da, hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritgan. Shu tariqa ular jami 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish orqali talon-toroj qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

