Navoiydagi konda ikki ishchi shinomontaj vaqtida halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Navoiydagi konda ikki ishchi shinomontaj paytida halok bo‘lgani bildirildi
Navoiy kon-metallurgiya kombinati 10-sentyabr kuni ikki ishchi vafot etgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
Mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari tomonidan maxsus tekshiruv o‘tkazilib, baxtsiz hodisaning yuz berish holatlari va kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Kombinatning masʼul tegishli xizmatlari xodimlari tomonidan bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Iyul oyida Navoiydagi “Muruntov” koni hududida avtoag‘dargich va xizmat avtomashinasi ishtirokida baxtsiz hodisa yuz bergandi. “BelAZ” bosib qolishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi.

