Sport

«Natija bölmasa, özim ketaman» - Islom Ismoilov «Neftçi», futboldagi pullar, Ronaldu va Kannavaro haqida

Farğonaning «Neftçi» klubi boş murabbiyi Islom Ismoilov Kun.uz’ga bergan intervyusida jamoasidagi özgarişlar, hujumkor futbolga ötiş qiyinçiliklari, davlatning futbol klublarini moliyalaştirişi va yoş futbolçilar mentaliteti haqida fikrlari bilan bölişdi.

«Natija bo‘lmasa, o‘zim ketaman» - Islom Ismoilov «Neftchi», futboldagi pullar, Ronaldu va Kannavaro haqida

Shuningdek, u Krishtianu Ronaldu bilan nega suratga tushmagani, Fabio Kannavaro faoliyatiga munosabati, xorijda ishlash rejalari va hayotidagi eng og‘ir yo‘qotish haqida ham so‘zlab berdi.

Islombek Ismoilov 33 yoshida mamlakatning amaldagi chempioni «Neftchi» ustoziga aylangan. Bu tayinlov ko‘pchilikda bir qator savollarni tug‘dirgandi: u klubdagi katta nomga ega futbolchilar bilan til topisha oladimi? Jamoaning o‘yin uslubini o‘zgartira oladimi?

### 33 yoshida «Neftchi»ga bosh murabbiy bo‘lgani haqida

Klubga kelayotganimda qo‘rquv yo‘q edi. Agar qo‘rqqanimda, bu yo‘lga kirmagan bo‘lardim. To‘g‘ri, biroz ikkilanish bo‘lgan. Chunki yoshlar terma jamoasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri katta maqsadlari bor klubga o‘tdim.

Lekin doim o‘zimga ishonganman. Atrofimdagi insonlar to‘g‘ri maslahat berishgan. Farg‘ona viloyati hokimi [Xayrullo Bozorov] ham suhbatlarimiz davomida qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, menga katta ishonch bildirgan. Bu ham qo‘shimcha kuch bergan.

### Vodiy klublaridan nega aynan «Neftchi»ni tanlagani haqida

Bu yoshimda uchta katta maqsadli klubning («Neftchi», «Navbahor», «Andijon») taklif bildirishi men uchun juda quvonarli holat bo‘lgan. Ularning barchasidan minnatdorman.

«Neftchi»ni tanlashimning asosiy sababi — o‘zim farg‘onalikman. Yoshligimizdan shu jamoaga muxlislik qilganmiz. Otam «Neftchi»da o‘ynagan, shu yerda ishlagan. Oilamiz hayoti ham ma’lum ma’noda shu klub bilan bog‘liq bo‘lgan.

Bu boshqa jamoalarga hurmatsizlik emas. Men o‘zim tug‘ilib o‘sgan joyni, «Neftchi»ni yaxshi ko‘raman. Boshqa jamoani tanlashim o‘zimga nisbatan adolatsizlik bo‘lardi.

### Klubda qanday qabul qilishgani haqida

Albatta, bu futbolchilar yoshlar terma jamoasidagilardan farq qiladi. O‘zbekistonning eng yetuk, o‘z nomiga ega, xorijda va yuqori darajadagi jamoalarda o‘ynagan futbolchilari bor.

Ularning holatini ham tushunganman. Ular uchun ham bu oson vaziyat bo‘lmagan. Lekin men o‘z bilimim, mehnatim va harakatim bilan ularning ko‘ngliga yo‘l topa olishimga ishonganman.

Boshida oson bo‘lmadi. Keyinchalik futbolchilar nima xohlayotganimni tushuna boshlashdi. Munosabatlarimiz yaxshilandi. Mana, to‘qqiz-o‘n oy bo‘layotgan bo‘lsa, birorta futbolchi bilan jiddiy konflikt yuz bermadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.